Tijorat obyekti mulkdorlariga
Obyektingizni sotish yoki ijaraga berishda yordam beramiz
Biznes markaz, ofis, savdo maydoni, mehmonxona yoki yer uchastkasi — avval maqsadingiz va muddatingizni aniqlaymiz, keyin obyektni unga haqiqatan mos keladigan xaridor yoki ijarachiga taqdim etamiz.
2027-yil rejasi
10 000 m²
tijorat maydonini sotish va ijaraga berish
Obyektingiz ham shu rejaga kirishi mumkin
Kelgusi yil 10 000 m² tijorat maydonini sotish va ijaraga berishni rejalashtirganmiz.
Qanday ishlaymiz
Bitimgacha olti qadam
-
Maqsadni aniqlaymiz
Sotish yoki ijara, muddat, siz uchun maqbul narx va hujjatlar holati.
-
Narxni bozor bilan solishtiramiz
Yaqin atrofdagi o‘xshash obyektlar va ijara stavkalariga qarab narx qanchalik real ekanini ochiq aytamiz.
-
Obyekt sahifasini tayyorlaymiz
Fotosuratlar, raqamlar, reja va xarita bilan o‘zbek, rus va ingliz tillarida — saytdagi loyihalarimiz kabi.
-
Mos mijozlarga ko‘rsatamiz
Maqsadi obyektingizga mos keladigan xaridor, ijarachi va investorlarga.
-
Ko‘rsatuv va muzokaralar
Ko‘rishlarni tashkil qilamiz, har bir taklifni sizga izohlab yetkazamiz.
-
Bitimgacha birga
Shartlar kelishilib, hujjatlar imzolanguncha yoningizdamiz.
Qanday ko‘rsatamiz
Ochiq yoki maxfiy — o‘zingiz tanlaysiz
-
Ochiq e’lon
Obyekt saytdagi katalogga qo‘shiladi va hamma uchun ochiq bo‘ladi.
- Uch tilda alohida sahifa
- Katalog va filtrlarda ko‘rinadi
- Havolani istalgan kishiga yuborish mumkin
-
Maxfiy havola
Obyekt saytda ko‘rinmaydi. Uni faqat biz havola yuborgan mijozlar ochadi.
- Havolaning muddati cheklangan
- Fotosuratlarda suv belgisi
- Muddat tugagach, sahifa ochilmaydi
Obyektlar
Qaysi obyektlar bilan ishlaymiz
-
Biznes markazlar
Butun bino, qavat yoki alohida ofis
-
Tijorat binolari
Alohida turgan binolar
-
Tijorat maydonlari
Birinchi qavatdagi savdo va xizmat joylari
-
Tayyor ijara biznesi
Ijarachisi bor, daromad keltirayotgan obyektlar
-
Mehmonxonalar
Ishlab turgan yoki qurilayotgan mehmonxonalar
-
Yer uchastkalari
Qurilish uchun yer