Tijorat ko‘chmas mulki · Toshkent

Avval maqsad, keyin obyekt.

Ahmadiy Property tijorat joyi, ofis va investitsiya obyektlarini tanlashda yo‘l ko‘rsatadi. Variant ko‘rsatishdan oldin bu qaror orqali nimaga erishmoqchi ekaningizni aniqlab olamiz.

7 yil
tijorat ko‘chmas mulkida tajriba
$12 mln+
amalga oshirilgan bitimlar
Rasmiy rieltor
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sertifikati

Yo‘nalishlar

Sizga qaysi qaror kerak?

Har bir yo‘nalishda tekshiriladigan narsalar boshqacha. O‘zingizga yaqinini tanlang — suhbatni shundan boshlaymiz.

  • 01

    Tijorat joyini sotib olish

    Ijara to‘lashni to‘xtatish, filial ochish yoki joyga uzoq muddatga ega bo‘lish uchun.

    • Hujjatlarning to‘liqligi
    • Birinchi qavat, yo‘l bo‘yi
    • Alohida kirish
    • Avtoturargoh
    Maslahat olish
  • 02

    Tijorat joyini ijaraga olish

    Tez ish boshlash yoki yangi joyni kamroq tavakkal bilan sinab ko‘rish uchun.

    • Odam qatnovi
    • Tayyor ta’mir
    • Alohida kirish eshigi
    • Oynali old qism
    Maslahat olish
  • 03

    Investitsiya uchun obyekt

    Pulni qadrsizlanishdan saqlash, ijaradan daromad olish yoki keyin qimmatroqqa sotish uchun.

    • Ijaraga tez berilishi
    • Qimmatlash ehtimoli
    • Quruvchining ishonchliligi
    • Markazga yaqinlik
    Maslahat olish
  • 04

    Ofis ijarasi

    Jamoani kengaytirish, markazga va mijozlarga yaqinlashish uchun.

    • Metroga yaqinlik
    • Binoning yangiligi
    • Avtoturargoh
    • Ichki ta’mirning tayyorligi
    Maslahat olish

Ko‘chmas mulkda yo pul ko‘paytirish uchun pul tikasiz yoki pul saqlash uchun pul tikasiz. Ikkalasini birlashtirib bo‘lmaydi.

Muhammad Ahmadiy

Yondashuv

Har bir uchrashuv bir xil tizim bo‘yicha o‘tadi

Ortiqcha va’da ham, keraksiz shoshiruv ham yo‘q. Olti qadam — birinchi suhbatdan maqsadingizgacha.

  1. Tinglaymiz

    Nima xohlayotganingizni emas, qanday muammoni hal qilmoqchi ekaningizni tushunishga harakat qilamiz.

  2. Savol beramiz

    Maqsad nima, vaqt gorizonti qancha, tavakkalga qanchalik tayyorsiz.

  3. Tahlil qilamiz

    Lokatsiya, bozor, obyekt tarixi va moliyaviy hisob.

  4. Variantlarni qo‘yamiz

    Har birini afzalligi, kamchiligi va riski bilan birga.

  5. Qarorni siz qabul qilasiz

    Bosim o‘tkazmaymiz — yo‘l ko‘rsatamiz.

  6. Jarayonni nazorat qilamiz

    Bitim tugaguncha emas, maqsadingizga yetguningizcha.

Muhammad Ahmadiy

Asoschi

Muhammad Ahmadiy

2019-yildan beri ko‘chmas mulk sohasida. Ishni quruvchi kompaniyada sotuv menejeri sifatida boshlagan, 2023-yildan tadbirkor va investorlarga tijorat ko‘chmas mulki bo‘yicha mustaqil broker sifatida xizmat qiladi.

Vazifamiz obyekt sotish emas — sizni noto‘g‘ri qarordan himoya qilish.

Qaror qabul qilishdan oldin olti narsani tushuntiramiz

Lokatsiya
Biznes yoki investitsiya uchun nima beradi va nima bermaydi.
Maqsad
Pul ko‘paytirish va pul saqlash modellari orasidagi farq.
Vaqt gorizonti
2, 5 va 10 yillik prognozlar qanday farq qiladi.
Obyekt tarixi
Quruvchi kompaniya, oldingi loyihalari, bajarilgan va bajarilmagan va’dalari.
Bozor dinamikasi
Qaysi hududlar o‘syapti, qaysilari to‘yingan.
Xatolar tahlili
O‘zimiz va boshqalar qilgan xatolardan olingan saboqlar.

Rasmiy hamkorlar

  • NRG BI
  • Murad Buildings
  • Zaytun
  • Kaykan Business Center
  • Piramit
  • O‘zguven

Biz bilan ishlagan mijozlar

  • MBA Dental
  • Eurosoft
  • Andalus supermarket
  • Assorti market

Aloqa

Qaror qabul qilishdan oldin gaplashib olaylik

Raqamingizni qoldiring — qo‘ng‘iroq qilib, avval maqsadingizni aniqlab olamiz. Suhbat sizni hech narsaga majburlamaydi.

So‘rov yuborish orqali ma’lumotlaringiz siz bilan bog‘lanish uchun ishlatilishiga rozilik bildirasiz.